Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

«Negreyra ishi» yopiq

«Negreyra ishi» yopiq

Baho:
+1 | -

«Barselona» va Ispaniya futbol federasiyasi (RFEF) Hakamlar texnik qo‘mitasi sobiq vise-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyra bilan bog‘liq shov-shuvli korrupsion ish sud tomonidan batamom yopildi

Kataloniya klubining ko‘p yillar davomida hakamlar ishiga mas’ul mutasaddiga pul to‘lab kelgani aniqlandi, ammo bunda korrupsiya alomatlari borligi isbotlanmadi. Xullas, Barselona shahri sudi 24 may kuni ham klub, ham Negreyraga qarshi qo‘yilgan barcha ayblovlarni olib tashladi.

Ha, so‘nggi yillar futbol olamida kuzatilgan eng shov-shuvli mojarolardan biri natijasiz yakunlandi. Vaholanki, «Negreyra ishi» «Barselona»ning butun rahbariyati (jumladan, sobiq rahbarlarni ham) qamrab olgandi. Eslatma, barchasi o‘tgan yilning bahorida boshlandi. O‘shanda Ispaniya prokuraturasi vaqtida mamlakat futbol federasiyasiga bo‘ysinuvchi hakamlar ishiga mas’ul sanalgan Xose Negreyra va «Barselona» rahbarlari o‘rtasidagi uzoq muddatli yaqin hamkorlik yuzasidan keng qamrovli tekshiruv ishlarini boshladi. Prokuratura shu tariqa Kataloniya jamoasi 2001-2018 yillar oralig‘ida Negreyra va uning o‘g‘liga qarashli kompaniyalarga jami chamasi 7,8 million yevro o‘tkazib berganini aniqladi. Tabiiyki, ushbu ma’lumot Ispaniya futbol jamoatchiligini junbushga keltirdi. Jumladan, La Liga prezidenti Xavyer Tebas «Barselona» va Negreyraga bog‘liq munosabatlarni ispan futbolidagi eng katta mojaro sifatida qayd etdi.

Negreyra so‘roqlar davomida «Barselona»ga turli statis­tik ma’lumotlar va hakamlarning xatti-harakatlari bo‘yicha hisobot tayyorlab berganini uchun haq olganini aytib, o‘zini oqladi va bu oddiy amaliyot ekanligini ta’kidladi. Shu-ning­dek, «Barsa» vakillari ham sobiq rahbarga texnik maslahatlar uchun pul to‘langani yuzasidan qayta-qayta bayonot berishdi. Shunga qaramay, «Neg­reyra ishi» jiddiyligini yo‘qotgani yo‘q. Deylik, Barselona shahri tergov sudi boshlig‘i Xoakin Agirre o‘tgan yilning sentyabr oyida ushbu masala bo‘yicha Negreyra, «Barselona» va klubning ikki sobiq prezidenti - Sandro Rossel hamda Xosep Bartomeuga qat’iy ayblov e’lon qildi. Ya’ni tomonlar 17 yil davomida korrupsion tizimda ishtirok etganlikda ayblanishdi - pora berish va olish.

Oxir-oqibat, sud Negreyra tomonidan hakamlarga «Barselona» foydasiga qaror chiqarish bo‘yicha ko‘rsatma berilgani yoki bosim o‘tkazganini tasdiqlaydigan dalillarni topolmadi. Shuningdek, UYEFA olib borgan surishtiruvda ham jinoyat alomatlari aniqlanmadi. Boz ustiga, 79 yoshli Negreyra joriy yilning yanvar oyida sudga psixiatr xulosasini taqdim etdi. Unda Negreyra qarilikka bog‘liq aqliy zaiflikdan aziyat chekishi va bu uning sud jarayonida to‘g‘ri guvohlik berishiga to‘sqinlik qilishi bayon etilgan. Kamiga Neg­reyrada alsgeymer xastaligi borligi ham aniqlandi. To‘g‘ri, sud ushbu tashxislarga qaramay, Negreyrani javobgarlikka tortish mumkinligini qayd etdi. Biroq prokurorlar barchasini hisobga olib, undan barcha ayblovlarni olib tashladilar. Shu tariqa sud ishni yopishdan o‘zga chora topolmadi. Tamom, «Barsa» bitta katta muammodan qutuldi, nihoyat...

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 12:16, 08.06.2024.
O'qildi: 1410 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.