"Bavariya" va Germaniya terma jamoasi darvozaboni Manuel Noyer Gresiya bilan so‘nggi o‘yindagi golga olib kelgan xatosi haqida gapirdi.
Jamoalar o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi 2:1 hisobida nemislarning g‘alabasi bilan yakunlandi. — Bunday epizodlarda har doim bir nechta o‘yinchilar aybdor bo‘lishadi, ammo hozir o‘z nomimdan gapirmoqchiman.
Bunday vaziyatda ishonchliroq o‘ynashim kerak edi", - deya darvozabonning so‘zlarini keltiradi RTL.