Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon - Mash’al
22/04 20:15 Buxoro - Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

Nagelsmann: "Terma jamoadagi vaziyatga klubdagidan ko‘ra ta’sir o‘tkazish qiyinroq"

Nagelsmann: "Terma jamoadagi vaziyatga klubdagidan ko‘ra ta’sir o‘tkazish qiyinroq"

Baho:
+ | -

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann terma jamoa bilan ishlashdagi qiyinchiliklar haqida gapirdi.

36 yoshli mutaxassis Germaniyani 2023 yilning sentyabrida boshqaradi. Jamoa bilan shartnoma 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

"Klubdagidan ko‘ra terma jamoadagi vaziyatga ta’sir o‘tkazish qiyinroq. Hamma sizning g‘oyalaringizni chinakam tushunib olishi va qabul qilishi uchun murabbiylar shtabi bilan ko‘p gaplashib, kerakli daqiqalarda futbolchilar bilan individual suhbatlar o‘tkazishingiz kerak. O‘yinchilar bilan muloqot qilish uchun to‘g‘ri vaqtni tanlashingiz kerak, shunda u jamoaga haqiqiy ta’sir ko‘rsatadi.

Siz ko‘p o‘yinlarni tomosha qilishingiz, har bir pozisiyaga qo‘yiladigan talablar haqida o‘ylab ko‘rishingiz, qaysi o‘yinchilar o‘z klublarida qanday o‘ynashiga qarab bu pozisiyalarga mos kelishini aniqlashingiz kerak. Biz doimo jamoaga kim yaxshi mos kelishi va bizni yanada muvaffaqiyatli qilishimiz uchun kimlar kerakligi haqida o‘ylashimiz kerak. Sahna ortida ko‘plab mulohazalar muhokama qilinmoqda, ularni jamoatchilik sezmaydi, chunki biz har kuni mashg‘ulotlarda bir-birimizni ko‘rmaymiz", — deydi Nagelsmann.

Germaniyada 2024 yilgi Yevropa chempionati 14 iyun kuni boshlanadi va 14 iyulga qadar davom etadi.

Kiritildi: 09:30, 12.06.2024.
O'qildi: 393 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик