Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Elshod Rasulov: «Bo‘lajak Olimpiya o‘yinlarida sportimiz tarixida yana bir sahifa ochishga harakat qilamiz»

Elshod Rasulov: «Bo‘lajak Olimpiya o‘yinlarida sportimiz tarixida yana bir sahifa ochishga harakat qilamiz»

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Intervyular

Parij-2024 saralash sikli boks bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi uchun omadli o‘tdi, deyish mumkin. Zero, qizlarimiz jamoamiz tarixida ilk bor 4 ta yo‘llanma qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldilar. Xo‘sh, endi 4 yillikning eng nufuzli musobaqasiga tayyorgarlik qanday kechadi? Bu haqida ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Elshod Rasulovning fikrlari bilan bo‘lishamiz.

– Ma’lumki, joriy Olimpiya o‘yinlarida ayollar o‘rtasida 6 ta vazn toifasida bahslar o‘tkaziladi. Terma jamoamiz 4 ta vaznda lisenziya qo‘lga kiritdi. Ochig‘i, maksimal darajada yo‘llanma olishga harakat qilgan edik. Ammo hayotda barchasi biz xohlagandek bo‘lmaydi. Baribir, saralash siklidan ko‘ngil to‘ldi, deyish mumkin. Bu biz uchun katta yutuq. Nega deganda, ayollar boksida kuchli sanalgan AQSH va Hindiston kabi jamoalar ham 4 tadan lisenziyaga ega chiqdi. Qo‘shni Qozog‘iston hamda Buyuk Britaniya jamoasi hisobida 3 ta yo‘llanma bor. Shu nuqtayi nazardan, natijamizdan ko‘nglim to‘ldi.

– Hozirgi kunda sportchilarning holati qanday?
– Nafaqat lisenziatlarimiz, balki terma jamoadagi barcha bokschilarimizning ahvoli yaxshi. Ertaga Rossiyaning Qozon shahrida start oladigan BRIKS o‘yinlarida 3 nafar litsenziatimiz Sabina Boboqulova, Nigina O‘ktamova hamda Sitora Turdibekova ishtirok etishadi. Bu orqali ularning tayyorgarligini ko‘zdan kechirish reja qilingan.

– Tayyorgarlik doirasida xorij yig‘iniyam ko‘zda tutilganmi?
– Yo‘q, xalqaro yig‘in rejaga kiritilmagan. BRIKS o‘yinlaridan keyin Yangioboddagi terma jamoa bazasida Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikni davom ettiramiz. Rejamizga ko‘ra, oldinda 2 bosqichli o‘quv-mashg‘ulot yig‘inidan so‘ng jamoamiz bilan Parijga yo‘l olamiz.

– Bo‘lajak Olimpiadadan nimalar kutyapsiz?
– Olimpiadaning uch karra ishtirokchisi sifatida ayta olamanki, u yerda omad ko‘p narsani hal qiladi. Lekin men har bir shogirdimga ishonaman. Ular murosasiz janglarda bor imkoniyatlarini ishga solib, o‘zbek ayollar boksida yangi sahifa ochishga harakat qilishadi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 23:41, 12.06.2024.
O'qildi: 840 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик