Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya
14/10 12:45 Melburn Viktori 3-0 Seul
14/10 15:00 Kashiva Reysol 5-1 Port
14/10 15:00 Vissel Kobe 2-0 Chonbuk Motors
14/10 17:15 Persib 1-0 Kong-Vittel
14/10 18:45 Nasaf 1-2 Al-Vahda
14/10 21:00 Al-Jaziyra - Arkadag'
14/10 21:00 Kuvayt SK - Xolidiya
14/10 21:00 Al-Muharraq - Gol Gohar
14/10 21:00 At-Ta'vun - Ar-Rayyan
14/10 21:00 Al-Faysaliy - An-Nahda
14/10 21:45 LASK - Liverpul
14/10 21:45 Feyenoord - Komo
14/10 23:59 Manchester Siti - PSJ
14/10 23:59 Roma - Real Madrid
14/10 23:59 Aston Villa - Fenerbaxche
14/10 23:59 Betis - Portu
14/10 23:59 Bude-Glimt - Borussiya D
14/10 23:59 Slovan - Shtutgart
14/10 23:59 Shaxtyor - AEK

Yevro-2024. Formalar, logotip va maskot haqida

Yevro-2024. Formalar, logotip va maskot haqida

Baho:
+ | -

Yevro-2024 ishtirokchilari 5ta kompaniya ekipirovkalaridan foydalanadi. Odatdagidek, asosiy raqobat Adidas (Germaniya) va Nike (AQSH) o‘rtasida. Hisob 9:7 - AQSH brendi foydasiga. Shuningdek, Puma ham chakki emas - Germaniyaning ushbu firmasi 4ta jamoaga ega.

Nike (AQSH) — 9ta jamoa: Xorvatiya, Sloveniya, Angliya, Polsha, Niderlandiya, Fransiya, Slovakiya, Turkiya, Portugaliya

Adidas (Germaniya) — 7ta jamoa: Germaniya, Shotlandiya, Vengriya, Ispaniya, Italiya, Albaniya, Belgiya

Puma (Germaniya) — 4ta jamoa: Shveysariya, Serbiya, Avstriya, Chexiya

Joma (Ispaniya) — 2 jamoa: Ruminiya, Ukraina

Macron (Italiya) — 1 jamoa: Gruziya

Hummel (Daniya) — 1 jamoa: Daniya

***

Ayiqcha «Albert» hamrohligida birlashuv

Yevropa chempionati-2024 rasmiy maskoti - yoqimtoy ayiqchaga «Albert» (Albert) nomi berildi. E’tiborlisi, turnirning asosiy belgilaridan biri Gelzenkirxendagi maktabning boshlang‘ich sinfida chizilgan. 

Nima uchun aynan ayiqcha? Manbalarda keltirilishicha, qo‘llari va oyoqlari harakatlanadigan birinchi ayiqcha o‘yinchoq aynan Germaniya­da yaratilgan. Uning asl dizayni muallifi - Richard Stayff. 1902 yili ixtiro qilingan ayiqcha keyinchalik AQSH prezidenti Teodor Ruzvelt sharafiga «Teddi» nomini oladi. Aytishlaricha, u ov payti ayiq bolasini otishni istamagan ekan. Bu tarix tafsiloti gazetalarda yozilgach, «Teddi»ning sotuvi chaqqonlashadi. Mana, vaqt o‘tishi bilan o‘sha ayiqcha yana katta sahnaga qaytdi, faqat bu safar «Albert» bo‘lib. Darvoqe, joriy asr Yevropa chempionati maskoti roliga birinchi marta hayvon tanlandi. Aniqrog‘i, oxirgi turnirlarda antropomorfik belgilar asosiy ramz sifatida olingan edi. Masalan, Yevro-2020da xayoliy fristaylchi bolakay «Skillzi» maskot bo‘lgandi.

Yevro-2024 logotipiga kelsak, oddiy, lekin ma’noli chizma tanlangan: ramz o‘rtasida mashhur Anri Delone nomidagi kubok va «Olimpia­shtadion» stadioni tomi shaklida kombinasiya­ga solingan 24ta rangli yo‘l (chempionatda ishtirok etuvchi 24ta jamoa|mamlakat bayrog‘iga nishona). Umuman, logotip UYEFAga a’zo 55ta mamlakat bayrog‘i ranglari asosida ishlanganini ta’kidlash mumkin. Turnir shiori ham shunga mos - «Futbol atrofida birlashuv. Yevropaning qoq yuragida birga».

YEVROPA CHEMPIONATI LOGOTIP VA MASKOTLARI

Yevro-60: UEFA yozuvi, maskotsiz

Yevro-64: UEFA yozuvi, maskotsiz

Yevro-68: UEFA yozuvi, maskotsiz

Yevro-72: UEFA yozuvi, maskotsiz

Yevro-76: UEFA yozuvi, maskotsiz

Yevro-80: UEFA yozuvi, Pinokkio (ertak qahramoni)

Yevro-84: UEFA yozuvi, «Peno» (xo‘roz)

Yevro-88: UEFA yozuvi, «Berni» (quyon)

Yevro-92: UEFA yozuvi, quyon (nomsiz)

Yevro-96: EURO yozuvi, «Goliaf» (sher bolasi)

Yevro-2000: EURO yozuvi, «Benilyuk» (sher)

Yevro-2004: EURO yozuvi, «Kinash» (bolakay)

Yevro-2008: EURO yozuvi, «Triks» va 

«Fliks» (egizaklar)

Yevro-2012: EURO yozuvi, «Slavek» va 

«Slavko» (egizaklar)

Yevro-2016: EURO yozuvi, «Super-Viktor» (bolakay)

Yevro-2020: EURO yozuvi, «Skillzi» 

(fristaylchi bolakay)

Faktlar

* Final o‘yinida eng yirik g‘alaba Yevro-2012da kuzatilgan - Ispaniya - Italiya - 4:0.

* Ispaniya, Italiya va Fransiya termalari Yevropa chempionatidagi dastlabki g‘alabani mezbon sifatida qo‘lga kiritgan.

* Ispaniya termasi Yevropa chempioni maqomini himoya qilgan yagona jamoadir (2012 yil). Bunga qadar sobiq ittifoq (1964 yil) va Germaniya (1976 yil) termalarida qatorasiga 2ta turnirda g‘alaba nashidasini surish imkoniyatini tug‘ilgan, ammo har ikkisi finalda mag‘lubiyatga uchragan.

* Yevro-2024da ochilish o‘yini finalda ham takrorlangan - Portugaliya - Gresiya. Har ikkisida yunonlar ustun kelishgan  - 2:1 va 1:0.

* Mezbon jamoaning guruh bosqichidan chiqolmasligi ilk marta 2000 yili kuzatilgan. O‘shanda Belgiya termasi kurashdan ancha erta chekingan edi.

* Yevro-2020da ilk marta mezbon jamoalar turnirning final raundidan chetda qoldi. Gap Ozarbayjon va Ruminiya jamoalari haqida ketmoqda.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:44, 18.06.2024.
O'qildi: 934 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик