Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

O‘zbek taekvondosida tarixiy voqea sodir bo‘ldi

O‘zbek taekvondosida tarixiy voqea sodir bo‘ldi

Baho:
+ | -

O‘zbek taekvondosida navbatdagi tarixiy voqea: Milliy terma jamoamiz Parij-2024 Olimpiya o‘yinlari uchun beshinchi yo‘llanmani ham qo‘lga kiritdi. Nikita Rafalovich Olimpiadaga boradi!

Tayekvondo WT bo‘yicha +80 kg vazn toifasida O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasi a’zosi Nikita Rafalovich Parij Olimpiadasi lisenziyasiga ega chiqdi.

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining Parij-2024 Olimpiadasida ishtirok etadigan neytral maqomdagi rossiyalik sportchilar ro‘yxatida taekvondochilar qayd etilmadi. Katta dubulg‘a turnirida lisenziyalarni qo‘lga kiritgan rossiyalik sportchilarning o‘rniga, Olimpiya reytingida eng yaxshi o‘rinlarni qayd etgan sportchilarga kvota taqsimlab berildi. Bu holatda +80 kg vazn toifasidagi reytingda oltinchi o‘rinni qayd etgan hamyurtimiz, Tokio-2020 Olimpiadasi ishtirokchisi Nikita Rafalovich ham yo‘llanmaga ega chiqdi.

Endilikda Parijdagi Olimpiadada tayekvondo WT bo‘yicha milliy terma jamoamizning besh nafar sportchisi g‘oliblik uchun kurash olib boradi! Shubhasiz, bu O‘zbek tayekvondosidagi eng yaxshi natijadir. Boisi, shu paytgacha o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinarida tayekvondochilarimiz 4 tadan ziyod yo‘llanmaga ega chiqmagan edi.

Parij-2024 Olimpiadasida yurtimiz sharafini himoya qiladigan sportchilarimiz:

Ulug‘bek Rashitov (68 kg)
Jasurbek Jaysunov (80 kg)
Nikita Rafalovich (+80 kg)
Ozoda Sobirjonova (67 kg)
Svetlana Osipova (+67 kg).

Bundan tashqari, sportchilarimiz dunyoning eng kuchli uchta termasi qatorida Olimpiya o‘yinlari tarixida ilk bor tashkil etilayotgan ko‘rgazmali mikst dasturida ham ishtirok etishini alohida ta’kidlash lozim.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 18:22, 19.06.2024.
O'qildi: 743 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.