UEFA Xorvatiya va Albaniya futbol federasiyalarini ushbu jamoalar o‘rtasidagi 2024-yilgi Yevropa chempionati guruh bosqichi 2-turi doirasidagi o‘yinda muxlislarning serblarga qarshi odobsiz qichqirig‘i uchun jarimaga tortadi.
Bu haqda AS nashri xabar berdi.
Avvalroq, Serbiya terma jamoasi UEFA bu muxlislarni jazolamasa, Yevro-2024ni tark etishini ma’lum qilgandi. Ushbu jamoalarning muxlislari "Serbni o‘ldir!", deya qichqirgan.