Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham Niderlandiyaga qarshi Yevro-2024 guruh bosqichi 2-tur uchrashuvida hujumchi Kilian Mbappe yo‘qligi haqida gapirdi.
Forvard burni singanligi sababli uchrashuvni o‘tkazib yubordi.
"Mbappe - bu Mbappe, uni boshqa futbolchilar bilan solishtirib bo‘lmaydi. Bunday uchrashuvlar hech qachon oson kechmaydi. Men Kilianni o‘yin oxirida vaziyatni o‘zgartirish uchun maydonga tushirmadim. Shu bilan birga, biz raqib darvozasiga xavf tug‘dira oldik", - deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Marca nashri.