Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Uch milliarder jamoa!

Uch milliarder jamoa!

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Germaniyada uzoq kutilgan Yevropa chempionati-2024 shiddat ila davom etayotir.

Gazetamizning mazkur turnirga bag‘ishlangan maxsus sonida 24ta ishtirokchi jamoa tarkibi berildi. Nemislar yurtida to‘plangan milliy termalar «zayavka»si bilan tanishib chiqqan har qanday muxlis bo‘lajak o‘yinlar qanday kechishini o‘ylab, beixtiyor o‘zgacha to‘lqinlanib ketsa, ajabmas.

Ayniqsa, Fransiya va Angliya milliy jamoalari tarkibi o‘ta dahshatli ko‘rinmoqda. Bir tomondan, Didye Desham va garet Sautgeytga havas qilish mumkin, ammo tanganing orqa tomoni ham bor. Tanlov kattaligidan murabbiylarning boshlari gangib qolishi hech gap emas. Mana, hech narsani e’tiborsiz qoldirmaydigan transfermarkt portali musobaqa starti oldidan jamoalar tarkibidagi barcha futbolchilarning transfer summasini hisoblab chiqdi o‘z odatiga ko‘ra? Xo‘sh, Yevro-2024ning eng qimmatbaho jamoasi qaysi?

Transfermarkt portali hisob-kitobiga ko‘ra, bo‘lajak musobaqaga shay turgan 24ta jamoadan 3tasiga tarkibidagi futbolchilar transfer summasi bo‘yicha milliarder maqomini berish mumkin. Gap Angliya, Fransiya va Portugaliya milliy termalari haqida ketmoqda. Ushbu trio orasida Yevropaning amaldagi vise-chempioni Angliya termasi oldinda. Garet Sautgeyt ixtiyoridagi tarkibning umumiy bahosi 1,52 milliard yevroga teng. Didye Desham qo‘l ostida 1,23 milliard yevrolik tarkib yig‘ilgan bo‘lsa, Roberto Martines umumiy summasi 1,05 milliard yevro bo‘lgan Portugaliya termasi bilan natija ko‘rsatishi kerak.



***
SOVRINDORLAR

Shu kunga qadar Yevropada atigi 10ta jamoa chempionlik rutbasiga ko‘tarilgan. Eng sovrindor jamoa - GFR|Germaniya termasi. Nemislar qit’a chempionatda 3 marta oltin medal yutishdan tashqari, yana shuncha marta finalda qatnashishgan. Ispaniya milliy jamoasi hisobida esa 3ta «oltin», 1ta «kumush» va 1ta «bronza» bor - jami 5ta medal.

***
MEDALLAR TAQSIMOTI

Yevropa chempionati medallari umumiy soni bo‘yicha ham GFR/Germaniya termasi yetakchi - 9ta medal. Bu borada 2-o‘rin Ispaniya, Italiya, Niderlandiya, Portugaliya va Chexoslovakiya/CHexiya termalariga tegishli - 5tadan medal (turli darajada). 9ta chempion jamoa­dan 3tasi Yevropa chempionati g‘olibligini musobaqa mezboni sifatida qo‘lga kiritgan. Chempionlar orasida o‘z uyida o‘tgan turnirda muvaffaqiyat qozonolmagan jamoa­lar - Germaniya va Niderlandiya. Chempionlik nimaligini bilmagan Shvesiya termasi o‘z arenalarida o‘tgan musobaqada Yevropa birinchiligi tarixidagi eng yaxshi ko‘rsatkichini qayd etgan: 1992 yili yarim final.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:15, 23.06.2024.
O'qildi: 3912 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.