Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya - Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

Ronaldu: Zarba berish oldidan ichki nido

Ronaldu: Zarba berish oldidan ichki nido

Baho:
+ | -

Muxlislar Krishtianu Ronaldu jarima zarbasini amalga oshirishdan oldin o‘ziga nima deyishini aniqlashdi.

Chunonchi, portugaliyalik yulduz Yevro-2024 startidan oldin Irlandiya termasiga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinida jarima nuqtasidan zarba berish chog‘i yana o‘z-o‘ziga nimalarnidir pichirladi va yakunda darvoza ustunini titratdi.

Tabiiyki, Krishtianuning personal va sinch­kov muxlislari uning jarima zarbasi ijrosi oldidan o‘ziga pichirlaganini payqamasdan qolmadilar. Shu tariqa ijtimoiy tarmoqlarda 39 yoshli futbolchi darvoza ustunini mo‘ljalga olishga qadar o‘z-o‘zi bilan nima haqda gaplashganini aniqlash bo‘yicha muhokamalar boshlanib ketdi. Xususan, X (oldingi «Tvitter») foydalanuvchilarining aniqlashlaricha, «Al-Nasr»da o‘ynash asnosida ham yuksak mavqeni tushirmagan hujumchi zarbaga chog‘langan vaqt o‘zini alohida ruhlantirgan: «Gol ur, bu sen uchun odatiy hol». Ha, Ronaldu shunday yigit - o‘ziga qattiq ishonadi, buni butun vujudiga singdirishni ham biladi. Ma’lumot uchun, faoliyati davomida jarima zarbalaridan jami 63ta gol urgan Krish futbol tarixidagi eng kuchli standart ijrochilari qatorida bormoqda.

Aytgancha, Ronaldu irlandlar bilan o‘yinda yana bir jahon rekordini o‘z nomiga rasmiylashtirdi. Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federasiyasi hisob-kitob­lariga ko‘ra, portugaliyalik yulduzning professonal darajadagi o‘yinlari soni 1226taga yetdi. U shu tariqa gvardiyachilar ro‘yxatida Braziliya milliy jamoasi sobiq darvozaboni Rojerio Senini ortda qoldirdi. Ronaldu hisobidagi o‘yinlar taqsimoti: milliy chempionatlar (Portugaliya, Ang­liya, Ispaniya, Italiya va Saudiya Arabis­toni) - 698ta, milliy kubok/superkuboklar - 101ta, klublar miqyosida xalqaro turnirlar - 220ta, terma jamoa - 207ta.

Yana bir fakt shuki, Krishtianu faoliyatidagi 900-golga tobora yaqinlashmoqda. Irlandiya termasiga qarshi «o‘rtoqlik»da «dubl»ga erishgan 39 yoshli futbolchining jami gollari soni 895taga yetdi. Shundan 130tasi Portugaliya terma jamoasi libosida urilgan. Oddiy aytganda, Ronaldu endilikda portugallar uchun urgan har bir goli bilan bu borada o‘ziga tegishli jahon rekordini yangilamoqda. Ma’lumot uchun, Krish yetakchiligidagi Portugaliya milliy jamoasi Yevro-2024da muddatidan avval pley-off bosqichiga chiqdi…

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:45, 23.06.2024.
O'qildi: 3276 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.