Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Leandro Trossardning otasi Pyer Trossard o‘g‘lining Yevro-2024dagi o‘yinini tanqid qilish fonida terma jamoa bosh murabbiyi Dominiko Tedesko haqida gapirdi.
"Leandroni tanqid qilishadi, lekin u bir pozisiyadan ikkinchisiga bemalol o‘tadi, bunday sharoitda uning o‘yinida asosiy tamoyillarga amal qilish qiyin.
Menimcha, Tedesko Belgiya terma jamoasiga yaxshi murabbiy bo‘la olmaydi, garchi unda Roberto Martinesdek qaysarlik bo‘lmasa ham", - deya Trossardning otasidan iqtibos keltiradi RMC Sport.