"Milan"da o‘ynayotgan serbiyalik hujumchi Luka Yovich professional o‘sishida katta rol o‘ynagan vaziyat haqida gapirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu uning opasining kasalligi - u leykemiya bilan og‘rigan, ammo jiddiy kasallikni yengishga muvaffaq bo‘lgan.
“Opamning kasalligi oilamiz uchun juda og‘ir sinov bo‘lib chiqdi. Biz bir yilga yaqin alohida yashadik - onam va singlim uni davolashga harakat qilishdi, men esa otam bilan yashadim va keyin bir kuni u ziyofat uyushtirdi - u tuzalib ketgani ma’lum bo‘ldi.
Uning irodasi menda katta taassurot qoldirdi. Men ham g‘olib bo‘lishni xohlardim", - dedi Yovich.