Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt chap qanot himoyachisi Lyuk Shouning holati haqida malumot berdi.
“Uch sherlar” murabbiyi kutilmaganda “Manchester Yunayted” futbolchisini Yevro-2024 uchun yakuniy tarkibga kiritdi, biroq u fevral oyidan beri maydonga tushmagan edi – jarohatidan tuzalishga ulgurmagandi.
"Lyuk bizning tarkibimizda hozirda mavjud emas. Shou ertaga jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazishi mumkin, ammo u hali o‘ynashga tayyor emas", - dedi Sautgeyt o‘yin oldidan.