Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Samvel Babayan: «Raqib bizni yaxshi o‘rgangani ko‘rinib turdi»

Samvel Babayan: «Raqib bizni yaxshi o‘rgangani ko‘rinib turdi»

Baho:
+ | -

"Andijon” – «Navbahor» (3:0) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin tashkil qilingan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Samvel Babayan ishtirok etdi.

— Bugungi o‘yinimiz haqida fikr bildirishimiz hozirgi holatimizda ancha qiyin. Birinchi navbatda ishqibozlarimizdan uzr so‘rayman. Nafaqat bugungi mag‘lubiyat, balki oxirgi o‘yinlardagi salbiy natijalarimiz uchun ham uzr so‘rayman. Nima deyishim mumkin? Yaratilayotgan vaziyatlardan foydalana olmayotganimiz achinarli holat. Futbolchilarda qandaydir ruhiy ishonchsizlik paydo bo‘lganga o‘xshayapti. Ha, ular maydonda ko‘rsatmalarimizni bajarishga harakat qilishiyapti. Yakuniy natijani qayd etishda aniqlik yetishmayapti. Hattoki, penaltidan ham gol ura olmadik. Shu bois jamoada ishonchsizlik paydo bo‘lib qolgan. Shunday bo‘lsada, bizda tajribali o‘yinchilar yetarlicha bor. O‘ylagan rejalarimiz amalga oshmadi. Birinchi bo‘limda ham harakat qildik, biroq raqib bizni yaxshi o‘rgangani ko‘rinib turdi. Bir qator vaziyatlarda o‘ylaganlarimiz ham amalga oshmay qoldi. «Andijon»ni g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yinimizga kelsak, albatta birinchi davra tugaganidan keyin bir qator o‘zgarishlar qilmasak bo‘lmasligini bugungi uchrashuv ko‘rsatib berdi. Bu haqida tez orada rahbariyat bilan gaplashib, keyingi ishlarimizni rejalashtirib olamiz.

— «Navbahor» anchadan beri nafaqat yutolmayapti, balki gol ura olmayapti. Bugun jamoangizning yirik hisobda mag‘lub bo‘lishini kutmagandik. «Navbahor»da ichki muhit qanaqa?

— Odatda shunday muvaffaqiyatsiz holatlar yuzaga kelganda jamoa ichida nimadir yetishmayaptimikin yoki pul bilan bog‘liq muammolar bormikin yoxud ichik muhit yaxshi emasmi, degan savollar ko‘payib ketadi. Men shuni aniq ishonch bilan ayta olamanki, klub futbolchilar oldidagi o‘z majburiyatini to‘liq bajaryapti. Jamoaning ichki holati me’yoriy darajada. Biz ahil oilani tashkil qilganmiz. Rahbariyat bizga ishonyapti. Kuni kecha aynan rahbariyat bilan uchrashganmiz. Ular bizga ishonch bildirishyapti. Shunday ekan, jamoada hammasi yaxshi. Bu yerda ko‘proq mas’uliyatni his qilish ham kerak va ishlashda davom etish lozim. Bilasizmi, futbolda eng qiyini gol urish. Har qanday jamoa harakat qiladi. Ammo yakunda 9-, 8- yoki nari borsa 7-o‘rinni oladi. Qachonki, yaxshi o‘yin ko‘rsatib, to‘pni aniq uzatib, darvozaga gol ursa ko‘zlangan maqsadga erishadi va yutadi. Bizda mana shu jihatlar yetishmayapti. Birinchi taymda ikkita yaxshi vaziyat yaratdik. Nikabadze gol urishi kerak edi. Unga imkoniyat berdik. Juda ko‘p savollar bo‘ldi: nima uchun Nikabadzeni maydonga tushirmayapsiz degan. Mana, uni tushirdik, maydonga. Jamoa o‘yinchilarning tayyorgarligiga qarab shakllanib boradi. Nikabadze yaxshi o‘ynadi. Biroq kerakli vaziyatlardan foydalana olmadi. Menimcha, unga mahorat yetishmayapti. Bir qator yosh o‘yinchilarimizga ham bugun imkoniyat berdik. Lekin bundan to‘liq foydalana olishmadi. Navro‘z Iminjonovga ham imkon berdik. Faqat shu gol ura olmayapmiz. «Navbahor»da bundan boshqa muammo yo‘q.

-  Ikkinchi davrada «Navbahor»ga braziliyalik o‘yinchi olib kelayotganingiz haqida eshitdik. Shu rostmi?

-  Ha, jamoani kuchaytirish rejamiz bor. Lekin, to‘g‘risi, aynan braziliyalik futbolchi bilan shartnoma tuzish borasidagi ma’lumot noto‘g‘ri.

-  Birinchi navbatda sizga sog‘lik tilaymi. Bu «Navbahor»ning chempionatdagi birinchi mag‘lubiyati. Bir necha oy avval jamoa «Andijon»ni yutgandi. Bu raqibni yaxshi bilardinglar. Bunday mag‘lubiyatga yana boshqa qanday sabab bor?

-  3:0 hisobidagi mag‘lubiyat ancha achinarli bo‘ldi. Oxirgi o‘yinlar to‘g‘risida ochiq aytadigan bo‘lsam, mana shu raqibga ko‘p jihatdan imkoniyatni boy berib qo‘ydik. Barcha ishni qilyapmiz, intilyapmiz. Lekin asosiysini bajara olmayapmiz. Oxirgi zarbani yo‘llashda gol ura olmayapmiz. Statistika bo‘yicha qarasak, boshida bizda barchasi yaxshi ketayotgandi. Lekin oxiriga kelganda buning aksi bo‘lyapti. Raqibning hujumlari xavfli bo‘lyapti va darvozamizga gollar urishyapti. Biz qancha harakat qilmaylik, ammo o‘xshamayapti. Biz yigitlar bilan qo‘ldan kelganicha intilyapmiz. Biroq o‘xshamayapti. Shunday ekan, biror nima qilish kerak. Kadrlar masalasida yangiliklar qilishimiz lozim shekilli. Menmi, boshqasimi, kadrlar bo‘yicha yangilashimiz va oldinga harakat qilishimiz zarur.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 05:17, 27.06.2024.
O'qildi: 2048 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.