Istanbulning "Galatasaroy" klubi marokashlik futbol yulduzi Hakim Ziyesh bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda "sherlar" matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, “Galatasaroy” 31 yoshli Hakim uchun yangi klub bo‘lmaydi, chunki u o‘tgan mavsumni turk grandida ijara asosida o‘tkazgan. Mavsum oxirida Ziyeshning "Chelsi" bilan shartnomasi yakunlandi shuning uchun "Galatasaroy" u bilan tekinga shartnoma imzoladi.
Tomonlar “1+1” sxemasi bo‘yicha shartnoma imzolashdi.