Valter Samuel Lionel Messining holati haqida gapirdi.
Argentina terma jamoasi forvardi jarohati sabab Amerika Kubogining 3-turida Peruga (2:0) qarshi o‘yinni o‘tkazib yubordi.
"U yechinish xonasida edi va biz o‘zini yaxshi his qilayotganini payqadik. Vaziyat yaxshilanmoqda, biroq [chorak final uchrashuviga] hali sanoqli kunlar bor, shuning uchun hozir biror narsa deyishga erta.
Biz uning ahvolini kundan-kunga kuzatib boramiz, shifokorlar bilan gaplashamiz", dedi Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi.