Kirish Ro'yxatdan o'tish

Oblak tarixga kirdi

Oblak tarixga kirdi

Baho:
+ | -

Madridning “Atletiko” klubi va Sloveniya terma jamoasi darvozaboni Yan Oblak o‘ziga xos yutuqqa erishdi.

Yevro-2024 1/8 finalining yaqinda bo‘lib o‘tgan o‘yinida sloveniyalik futbolchi qo‘shimcha daqiqalarda Krishtianu Ronalduning zarbasini qaytardi.

Uchrashuv 0:0 hisobi bilan yakunlandi va o‘yindan keyingi seriyada portugallar ustun keldi (3:0). Shunday qilib, Oblak Ronaldu va Lionel Messining penaltilarini yenggan dunyoning ikkinchi darvozaboni bo‘ldi.

Buni birinchi bo‘lib Diyego Alves amalga oshirdi. Yan Oblak 2015 yilning boshida Ispaniya kubogi doirasida "Atletiko Madrid" va "Barselona" o‘rtasidagi o‘yinda Messining nuqtadan yo‘llagan zarbasini qaytargandi. O‘sha bahs kataloniyaliklarning minimal hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlangan.

Kiritildi: 10:24, 04.07.2024.
O'qildi: 550 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик