"Bornmut" yozgi transfer oynasida tarkibini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Jurnalist Mario Kortegananing xabariga ko‘ra, "olchalar" "Real"ning chap qanot himoyachisi Fran Garsiyani maqsad qilgan. Fran Garsiya - "Real Madrid" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
"Los-Blankos"ning asosiy jamoasi uchun himoyachi 32 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va sheriklariga 7 ta golli uzatma berdi.