Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Man Yunayted" "Bolonya" talablarini qondirishga tayyor

"Man Yunayted" "Bolonya" talablarini qondirishga tayyor

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" "Bolonya"ga hujumchi Joshua Zirkzee uchun 40 million yevro tovon puli to‘lashga tayyorligini aytdi.

Goal xabariga ko‘ra, 23 yoshli futbolchining agenti kelishuvni yakunlash uchun "qizil iblislar" bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib bormoqda. "Milan" "Bolonya"ga tovon puli ular uchun juda yuqori ekanligini ma’lum qildi.

2023/24 yilgi mavsumda Zirkze “Bolonya” safida barcha turnirlar doirasida 37 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 50 million yevroga baholamoqda. Uning shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kiritildi: 08:35, 07.07.2024.
O'qildi: 1174 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.