Madridning "Real" klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi Alvaro Karrilyo faoliyatini Segundada davom ettiradi.
"Eybar" 22 yoshli futbolchini erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib oldi. Shartnoma 2 mavsumga mo‘ljallangan.
Karrilyo "Real" safida 2015 yildan buyon turli xil yoshdagi jamoalarda o‘ynadi. O‘tgan mavsum yakunida u "Kastilya" bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortdi.