Gari Lineker Garet Sautgeytga Angliya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketishiga maslahat berdi.
Yevro-2024da inglizlar finalga qadar etib bordi va finaldi Ispaniyaga yutqazdi (1:2).
"Menimcha, Sautgeytga yetarli bo‘ldi. Bu og‘ir va mashaqqatli ish", - deydi sobiq angliyalik forvard.
Sautgeytning futbol uyushmasi bilan shartnomasi 2024 yilning 31 dekabriga qadar amal qiladi.