"Inter"ning sobiq futbolchisi Juzeppe Bergomi "Milan"ning yangi bosh murabbiyi, portugaliyalik mutaxassis Paulo Fonsekaga shubha bilan qaramoqda.
Fonseka avvalroq "Roma"da ishlagan, biroq Bergomi hech qachon u haqida yaxshi taassurotga ega bo‘lmagan - shuning uchun u portugaliyalikni o‘ziga xos "qora ot" deb hisoblaydi.
"Milan" transfer bozorida kuchayib bormoqda, bunga shubha yo‘q. Ammo Fonseka men uchun noma’lum, sirli bo‘lib qolmoqda", - deya Bergomining so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.