Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Norchayev: «O‘zbekistonda medallar uchun kurashish imkoniyati yuqori»

Norchayev: «O‘zbekistonda medallar uchun kurashish imkoniyati yuqori»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston OTJ hujumchisi Husayn Norchayev FIFA’ga intervyu berdi.

O‘zbekistonlik sportchi ajoyib futbol avlodidan bo‘lgan o‘zining milliy jamoasining ilk o‘yinida g‘alaba qozonishiga ishonadi, shu bilan birga Olimpiya shukuhini his qilishni intiqlik bilan kutayotganini aytdi.

“Bu bosqichga yetib kelganimiz O‘zbekiston uchun katta yutuq va biz xalqimiz uchun g‘alabalar taqdim etishga ishonamiz. Men Olimpiadaning bir qismi bo‘lishdan xursandman.

Mamlakatimizda futbolchilardan tashqari ajoyib bokschilar bor. Ulardan umidim katta va agar imkonim bo‘lsa, albatta, borib ularni qo‘llab-quvvatlayman”.

22 yoshli futbolchi yoqtirgan musiqasi haqida to‘xtalib, bu oltin vodiylar, serquyosh o‘lka, erkinlik va dunyo turguncha shuhrati porlashi istagi kuylangan madhiya ekanini aytdi.

Bunday e’tiborni oqlashning ishonchli yo‘llaridan biri, o‘zi bilan millat umidini olib yurgan 22 yigitning bo‘yniga Olimpiada medalining taqilishidir. Norchayevning ta’kidlashicha, ko‘p yillik mehnatdan so‘ng ushbu shohsupa erishib bo‘ladigan maqsaddek.

“Olimpiadaga ilk bor yo‘l olishimiz tasodifiy natija emas, chunki bugungi kunga qadar ko‘p mehnat, vaqt va kuch sarflandi. Guruhga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Ispaniyani favorit sifatida ko‘rish mumkin, ammo Misr va Dominikan Respublikasiga qarshi o‘yinlarda yaxshi natija ko‘rsata olishimizga ishonamiz.

Biz birinchi navbatda pley-off bosqichiga chiqishimiz kerak, keyin esa turnirga chuqur kirib, medal uchun kurasha olishimizga ishonchim komil”.

“Oq bo‘rilar”ning tayyorgarligi haqiqatan ham uzoq va rejali tayyorgarlik bo‘lib, 2022 yilda “Olimpik” klubi tashkil etilib, ichki chempionatda o‘ynashdan boshlagan.
Faqat Olimpiya yoshidagi o‘yinchilardan iborat jamoa chempionatda ikki mavsumda oltinchi hamda to‘qqizinchi o‘rinni egalladi. Parij—2024 bosh murabbiyi Timur Kapadze ushbu jamoani boshqardi va Olimpiya terma jamoasi bilan so‘nggi 13 oy ichida 25 ta o‘yin o‘tkazdi.

“Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov asosiy o‘yinchi sifatida maydonga tushganidan so‘ng, jamoaning yosh yulduzlari o‘rtasida bog‘lanmalar mustahkamlanib bordi.

Norchayevning so‘zlariga ko‘ra, ko‘pchilik boshqalarni favorit sanashayotgan paytda “oq bo‘rilar” ushbu musobaqada “yashirin favorit” ekaniga ishonadi.

“Biz so‘nggi to‘rt yil davomida ushbu maqsad yo‘lida ishlamoqdamiz. Biz oldingi muvaffaqiyatsizliklardan saboq oldik va maqsadlarimizga erishishga tayyormiz. Bizda ajoyib jamoa bor, bizni iqtidorli, shijoatli murabbiy boshqaradi.

Jamoada ajoyib muhit hukm surmoqda va jamoaning asosiy qismi so‘nggi uch-to‘rt yildan beri birga o‘ynamoqda. Shu sababli biz maydonda ham, kiyinish xonasida bir-birimizni yaxshi tushunamiz. Har sohada bir-birimizni qo‘llaymiz.

Balki odamlar Argentina, Ispaniya va Fransiyani favorit deb bilishar, chunki ularda juda kuchli tarkib bor. Lekin yuqorida aytganimdek, medallar uchun kurashish uchun bizda ham katta imkoniyat bor”.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi Ispaniya bilan bugun, 24 iyul kuni 18:00 da maydonga tushadi.

"C" guruhida Ispaniya, O‘zbekistondan tashqari Misr va Dominikan Respublikasi jamoalari joylashgan.

Erkin G‘aybullayev tayyorladi

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:43, 24.07.2024.
O'qildi: 1143 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.