Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 0-0 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 0-0 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

O‘zbekiston delegasiyasiga FIFA Futsal World Cup 2024™ kubogini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston delegasiyasiga FIFA Futsal World Cup 2024™ kubogini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi

Baho:
+ | -

FIFA doirasida Markaziy Osiyoda ilk bor o‘tkaziladigan turnir — FIFA Futsal World Cup 2024™ musobaqasi yangi va muhim bosqichni qarshiladi. Fransiyada joylashgan tashkilot ofisida mundialning kubogi mezbon mamlakat — O‘zbekistonga topshirildi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti xabar berdi.

Tadbirda FIFA Prezidenti Janni Infantino, O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, Osiyo Olimpiya kengashi vise-prezidenti Otabek Umarov, O‘FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatov hamda MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov ishtirok etdi.

10-bor tashkil etilayotgan mundialda jami yigirma to‘rtta jamoa ishtirok etadi. Afg‘oniston, Tojikiston, Yangi Zelandiya va Fransiya turnirda debyut qilsa, Portugaliya esa chempionlik unvonini himoya qilishga harakat qiladi. Turnir 2024 yilning 14 sentyabridan 6 oktyabriga qadar O‘zbekistonning uch shahrida — Toshkent, Andijon va Buxoroda bo‘lib o‘tadi. Musobaqaning qur’a tashlash marosimi 2024 yil 26 mayda YUNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Samarqandning Registon maydonida bo‘lib o‘tdi.

“Men Parijdagi ofisimizda rasmiy kubokni O‘zbekiston sport vaziri Adham Ikromov va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Ravshan Irmatovga topshirganimda muhim bir bosqichni bosib o‘tdik. Ushbu tarixiy musobaqaga tayyorgarlik ko‘rishdagi ulkan ishlar uchun minnatdorchilik bildirdim va omad tiladim. May oyida Samarqandda o‘tkazilgan qur’a tashlash marosimi O‘zbekistondan nimalarni kutishimiz mumkinligini ko‘rsatib berdi. Men ushbu mamlakatdan ajoyib va go‘zal turnir mezbonligini kutmoqdaman”, dedi FIFA Prezidenti Janni Infantino.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston delegasiyasi FIFA ofisida joylashgan muzey bilan ham tanishdilar. Muzeyda Ravshan Irmatovning hakamlik davridagi eksponat ham namoyish etildi.

“Parijda joylashgan ofisimizning muzeyiga sayohat qilish va futbolning buyuk tarixini ifodalovchi yodgorliklarni, shu jumladan Ravshan Irmatovning hakamlik davridan qolgan eksponatni ko‘rish juda yoqimli bo‘ldi, deya qayd etgan FIFA prezidenti Janni Infantino.

Kiritildi: 10:00, 31.07.2024.
O'qildi: 2017 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.