«Milan» darvozaboni Marko Sportyello bema’ni sababga ko‘ra keyingi 2-3 oyni o‘tkazib yuboradi. U qo‘lidan jarohati oldi, deb xabar beradi "Calciomercato".
Ta’kidlanishicha, Sportyello «Milan»ning AQSH bo‘ylab turnesi doirasida mehmonxonada qo‘lini qattiq kesib oldi. Hozir darvozabon jarrohlik amaliyotiga muhtoj.
«Rossonerilar» darvozaboni yangi mavsum boshlanishini o‘tkazib yuborishi aniq, «Milan» esa transfer bozorida boshqa darvozabon izlashni boshlab yuborgan.