Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Mourinyo "Milan" hujumchisini Turkiyaga olib ketmoqchi

Mourinyo "Milan" hujumchisini Turkiyaga olib ketmoqchi

Baho:
+ | -

"Milan" hujumchisi Luka Yovich faoliyatini "Fenerbaxche"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Topskills Sports UK nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, turk klubi 26 yoshli futbolchining transferi ustida ishlamoqda. Ta’kidlanishicha, birinchi taklif yaqin kunlarda "Milan"ga yuboriladi. Manbaning qayd etishicha, Yovich "Fenerbaxche" ustozi Joze Mourinyoning asosiy transfer maqsadi hisoblanadi.

O‘tgan mavsumda forvard barcha turnirlarda 30 ta o‘yinda ishtirok etib, 9 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Yovichning "Milan" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini yetti million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 21:46, 02.08.2024.
O'qildi: 1542 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик