Murabbiy Tyerri Anri boshchiligidagi Fransiya olimpiya terma jamoasi o‘z maydonlarida o‘tayotgan Olimpiadada anchagina ishonchli harakat qilmoqda.
Jamoa kecha Argentinani yengib (1:0), yarim finalga yo‘l oldi.
Shuni ham qayd etish kerakki, "Uch ranglilar" hali turnir davomida biror marta gol o‘tkazib yubormadi. Ular guruh bosqichida AQSH (3:0), Gvineya (1:0) va Yangi Zelandiya (3:0) bilan o‘yinlarda ham o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgandi.