Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/08 00:30 Elche 0-5 Barselona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 1-1 Buxoro
24/08 22:30 Osasuna 0-0 Levante
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo

Gallas: "Alvares "Arsenal"ga ko‘plab g‘alabalarni olib keladi"

Gallas: "Alvares "Arsenal"ga ko‘plab g‘alabalarni olib keladi"

Baho:
+ | -

Uilyam Gallasning fikricha, Xulian Alvares "Arsenal"ga mos keladi.

"Xulian Alvares "Arsenal" uchun ajoyib transfer bo‘lardi. U jahon chempioni, Amerika kubogi g‘olibi, ketma-ket ikki marta Premyer-ligada g‘olib chiqqan, Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.

U "Manchester Siti"ning aksariyat muhim o‘yinlarida maydonga tushgan va Argentina terma jamoasining asosiy o‘yinchisi hisoblanadi.

U "Arsenal"ga ko‘plab g‘alabalarni olib keladi. U imkon qadar ko‘p daqiqa o‘ynab, eng yuqori darajaga erishmoqchi bo‘lgan futbolchiga o‘xshaydi. Alvares "Arsenal"ni keyingi bosqichga olib chiqadi.

U 20 ta gol ura oladimi, bilmayman, lekin u qanotda yoki hujumchi ortida o‘ynab, o‘yinga ta’sir o‘tkaza oladi", dedi “Arsenal”ning sobiq himoyachisi Uilyam Gallas.

Kiritildi: 18:59, 03.08.2024.
O'qildi: 1846 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик