Afg‘onistonlik dzyudochi Muhammad Samim Fayzadning Parij Olimpiadasi vaqtida o‘tkazilgan doping testida anabolik steroid stanozolol topildi.
Namuna 30 iyul kuni 81 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida 1/16 final bahsidan so‘ng olingan bo‘lib, unda Fayzad avstriyalik Vohid Borxashviliga yutqazib qo‘ygandi.
Bu Parij Olimpiadasida turnir ichida topilgan ilk doping testidir. Bungacha ikki holat musobaqadan tashqarida bo‘lgan.