Ertadan erkin kurash ustalari ham Parij-2024 medallari uchun kurashga qo‘shiladi.
Dastlab O‘zbekiston terma jamoasining 2 nafar a’zosi bahslarga kirishadi. Qur’a natijasiga ko‘ra, G‘ulomjon Abdullayev hamda Javrail Shapiyev ertangi bellashuvlarni quyidagi raqiblarga qarshi boshlashadi:
-57 kg: G‘ulomjon Abdullayev – Aliabbas Rzazade (Ozarbayjon)
-86 kg: Javrail Shapiyev – Vladimeri Gamkrelidze (Gruziya).