"Napoli" sport direktori Jovanni Manna jamoa hujumchisi Viktor Osimxenning ketishi mumkinligi haqida gapirdi.
Avvalroq Osimxen "Chelsi"ga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Osimhen qo‘yib yuborishimizni so‘radi. U ketmoqchi. Vaziyat aniq, uning o‘tgan yozda ketishi uchun imkoniyatlar bor edi. Kelgusi 20 kun ichida nima bo‘lishini ko‘ramiz", - deya Manna so‘zlarini keltiradi jurnalist Fabrisio Romano.