"Bavariya"ning 29 yoshli markaziy yarim himoyachisi Leon Goreska yozda Myunxen klubini tark etmaydi.
Bu haqda X ijtimoiy tarmog‘ida (sobiq Twitter) jurnalist Maksimilian Kox xabar berdi.
Manbaning xabariga ko‘ra, futbolchi 2026 yilgacha mo‘ljallangan shartnomasini ishlab chiqib, yangi bosh murabbiy Vensan Kompani jamoasida o‘z o‘rniga ega bo‘lmoqchi.