"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani Germaniya kubogi doirasidagi "Ulm"ga qarshi o‘yinda hujumchi Tomas Myullerning o‘yinini yuqori baholadi.
Eslatib o‘tamiz, myunxenliklar 4:0 hisobida g‘alaba qozongan, Myuller dubl qayd etgandi.
"Tomas doimo motivasiyaga ega futbolchi. Uning uchun "Ulm"ga qarshi o‘yin Chempionlar ligasi finaliga o‘xshardi va u shunday shijoat bilan o‘ynadi. Bizga shunday munosabat kerak", dedi Kompani matbuot anjumanida.