Erling Xoland Mark Kukurelyaning o‘ziga nisbatan hurmatsiz qo‘shig‘ini esladi.
Yevro-2024dagi g‘alabani nishonlash chog‘ida ispaniyalik himoyachi mikrofonni olib, tomoshabinlar uchun kuylagandi: “Kukku-kuku-relya, Xoland titraydi, chunki Kukurelya kelyapti!”.
Kecha aynan Kukurelyaning yonidan to‘pga zarba berib, Xoland gol urgan edi.
"Xo‘sh, bu Kukurelya – kulgili yigit. O‘tgan mavsumda u mendan futbolka so‘ragan edi, bu yozda esa men haqimda qo‘shiq kuyladi", — dedi norvegiyalik futbolchi o‘yindan so‘ng.