Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

O‘zPFL «Qumqo‘rg‘on-1977» — «Jizzax» o‘yiniga rasmiylarni yubormadi

O‘zPFL «Qumqo‘rg‘on-1977» — «Jizzax» o‘yiniga rasmiylarni yubormadi

Baho:
+ | -

Shu yilning 18 iyun sanasida bo‘lib o‘tgan «Qumqo‘rg‘on-1977» - «Qiziriq» uchrashuvi (0:3) yakunida mezbon jamoa bosh direktori Ulug‘bek Sattorov qator nomaqbul ishlarga qo‘l urgani xabar qilingan, keyinroq 25 iyul kuni O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasi mazkur ishni o‘rganib chiqib, tegishli qaror chiqargandi.

Jumladan, Qumqo‘rg‘on jamoasi hamda jamoa bosh direktoriga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanilgan bo‘lib, qarorda mazkur jarima 15 kun ichida to‘lanishi, qaror ijrosi o‘z vaqtida amalga oshirilmasa, «Qumqo‘rg‘on-1977» jamoasi Birinchi liga uchrashuvlariga qo‘yilmasligi belgilab qo‘yilgan.

Yozni tanaffusdan keyin Birinchi liganing ikki turi ortda qolgan bo‘lib, Liga bunda «Qumqo‘rg‘on-1977» jamoasi ishtirokidagi ikki uchrashuvni tashkil qildi. Biroq jarima summasi qator ogohlantirishlarga qaramay, o‘z vaqtida to‘lab berilmadi.

Shundan kelib chiqib, Birinchi liga 16-turidan o‘rin olgan «Qumqo‘rg‘on-1977» — «Jizzax» o‘yiniga Liga rasmiylari yuborilmadi hamda mezbon jamoaga texnik mag‘lubiyat yozildi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 06:48, 22.08.2024.
O'qildi: 668 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.