Kirish Ro'yxatdan o'tish

Kyeza «Barselona» bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishdi

Kyeza «Barselona» bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishdi

Baho:
+ | -

"Yuventus" hujumchisi Federiko Kyeza "Barselona" bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishdi.

Italiyalik futbolchi "Yuve" bosh murabbiyi Tiagu Mottaning rejalaridan o‘rin olmagani uchun u jamoa mashg‘ulotlaridan chetlatildi.

Federiko "Roma" va "Napoli"ga o‘tishni istamadi. Boisi, u chempionlar ligasida ishtirok etadigan jamoa safiga o‘tishni xohlamoqda. Futbolchi "Barselona"ga o‘tish uchun maoshining kamayishiga rozi bo‘ldi. U "Yuventus" safida yiliga 7 million yevro maosh olayotgandi. U Kataloniyaga ko‘chib o‘tsa, 4,5 million maosh ola boshlaydi. Kyeza "Barsa" bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi.

Transfer borasida klublar o‘zaro kelishib olishlari kerak. "Barselona" Kyeza uchun 14 million yevrodan ortiq pul to‘lamoqchi emas.

Manba: football.kulichki.net
Kiritildi: 16:11, 22.08.2024.
O'qildi: 4180 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.