Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Erik ten Xag: «Men mukammal emasman, lekin muvaffaqiyatga erishaman»

Erik ten Xag: «Men mukammal emasman, lekin muvaffaqiyatga erishaman»

Baho:
+ | -

Yangi mavsumga boshqacha ruhiyat bilan kirishni maqsad qilgan «Manchester Yunayted» klubi mavsumoldi yig‘inlarini qizg‘in o‘tkazmoqda.

Shunday tig‘iz paytda Erik Ten Xag Niderlandiyaning AD nashriga vaqt ajratdi. Murabbiy suhbatda ko‘pchilikni qiziqtirgan bir talay savollarga javob berdi. Biz esa uning eng qiziqlarini e’tiboringizga havola qildik.

- «Uembli»dagi finaldan oldin tarqalgan mish-mishlar, shubhalar va noaniqliklar sizga qanday ta’sir qildi?

- Siz ko‘p narsaga ta’sir qilasiz, lekin biror narsaga ta’sir qila olmaysiz. Bu bosqichda juda ko‘p narsalar yuz berdi. Ammo men bu finalda g‘alaba qozonishimiz mumkinligiga qat’iy ishonardim. Eng muhimi, bu ishonchni jamoangizga singdirishdir. Men atmosferani oldindan yomon bo‘lmasligiga ishonch hosil qilishim kerak edi. Va bu o‘yinchilarning miyasida ham bo‘lishi shart edi.

- Ammo bu sizning holatingiz emasmi? Finaldan oldin va keyin siz «Yunayted»da har qachongidan ham ko‘proq mehnat qildingiz.

- Biroq, men bu haqda umuman tashvishlanmadim. Pozisiyam meni umuman qiziqtirmadi.

- Bu deyarli imkonsiz, shunday emasmi?

- Men g‘alaba qozonishni xohlardim. Agar «Yunayted» rahbariyati ertaga o‘zlari uchun yaxshiroq deb bilgan mutaxassisni topishsa, men ketaman. Hammasi oddiy. Bular futbolda hurmat qilish kerak bo‘lgan mexanizmlardir. Bu kabi klubda, shuningdek «Bavariya» va «Ayaks»da hamma narsa juda aniq: agar g‘alaba qozonolmasangiz, muammoga duch kelasiz.

- Nega o‘tgan mavsumdagi g‘alabalar soni juda oz edi?

- Bunga birtalay omillar sabab bo‘lgan. Har doim qilgan birinchi ishim o‘zimni tahlil qilish bo‘ldi. Ammo men ta’sir qila olmaydigan juda ko‘p muhim narsalar bor edi, masalan, jarohatlar haddan ko‘payib ketdi. Bilaman, bu borada o‘qlar ham menga qaratilgan edi, aslida esa bunday bo‘lmasligi kerak.

- Angliya Kubogidagi g‘alabadan so‘ng darhol ta’tilga chiqdingiz. Keyin davomi nima bo‘lishi sizga aniq edimi?

- Yo‘q. Qolaversa, menda hali bir yillik shartnoma bor edi. Ammo ma’lum vaqt aloqa kamroq bo‘lsa, siz buni anglay boshlaysiz. O‘shanda hammasi aniq edi: aloqa kamroq edi. Holbuki, u har doim yaxshi bo‘lgan. Aloqa mendan tobora keta boshladi. Finaldan keyin ham.

- Bundan qanday xulosaga keldingiz?

- Ta’tilga chiqdim va o‘z ishim bilan band bo‘ldim. Biz yangi mavsum uchun kerak bo‘lgan hamma narsani professional tarzda tayyorladik. Tayyorgarlik dasturi, jamoa tarkibi... qo‘yingki, barchasi. Keyin esa men vaziyatdan uzoqda qoldim: ta’tilga chiqdim, chunki mavsum juda og‘ir kechdi. Shuni aytishim mumkinki, bu murabbiylik faoliyatimdagi eng qiyini bo‘ldi.

- Menejerlarda bo‘lgani kabi sizda ham shaxsiy murabbiyingiz bormi?

- Bu shaxsiy murabbiy emas, lekin meni qo‘llab-quvvatlaydigan, katta yordam beradigan odamlar bor. Turmush o‘rtog‘im, oilam, agentim, do‘stlarim... ular bilan muntazam ravishda maslahatlashaman.

- Og‘ir mavsum tugadi va siz avval Tventega, keyin Ibisaga bordingiz, ammo klub rahbariyatining sasi chiqmadi. G‘alati, shunday emasmi?

- Ha, aloqa uzildi. Ammo men shunchaki yaqinlarim bilan dam oldim va voqealar rivojlanishiga yo‘l qo‘ydim. Men bunga ta’sir qila olmadim.

- Bunday mavsum o‘zingizga bo‘lgan ishonchni so‘ndirmaydimi?

- Yo‘q. Meni noto‘g‘ri tushunmang: men mukammal emasman. Ammo men har kuni o‘zimni tahlil qilishda, rivojlanishda va yuqori darajaga ko‘tarishda davom etar ekanman, bu oxir-oqibat muvaffaqiyatga olib kelishiga aminman. Premyer-ligada ortida eng yaxshi tuzilma va tashkilotlar, o‘yinchilarga ega bo‘lgan top-murabbiylar ishlashadi. Shunday ekan, faqat yuqori saviyada bo‘lishingiz lozim.

- Ineos ijrochi direktori Deyv Breylsford va uning kampaniyasi Ibisaga borib: «Biz hamkorlik davom etishini xohlaymiz», deyishdi...

- Yo‘q, «Biz davom etmoqchimiz» demadilar. Qisqacha aytganda, ularning argumenti shunday edi: «Biz hammamiz o‘rganib chiqdik, taqqosladik va bizda yaxshi murabbiy borligiga ishonamiz». Keyin men aytdim: «Bir-birimiz bilan qanday munosabatda bo‘lishimiz va birgalikda ishlashimiz haqida bir qator narsalarni muhokama qilishimiz kerak». Suhbatimiz yoqimli, ochiq, ammo ayni paytda qarama-qarshi ruhda o‘tdi.

- Shartlardan biri tabiiyki, shtabingizga tegishli edi, chunki u butunlay o‘zgardi. Rene Xake, Rud Van Nistelroy va Yelle Ten Ruvelaar shunchaki taklif etilishmagandir?

- Agar yanada yaxshiroq bo‘lishni istasangiz, innovasiyalarni amalga tadbiq etish kerak. Ha, biz bu masalani jiddiy ko‘rib chiqdik. Ammo, masalan, biz ajoyib tarzda ishlagan Mitchell Van der Gaag haqida gap ketganda, narsalar biroz boshqacha edi. U yana bosh murabbiy bo‘lishni xohladi. Demak, ajralish vaqti kelgandi.

- Atrofingizda gollandlarni to‘plashdan xavfni ko‘rmayapsizmi?

- Men sifatga qarayman. Bu Premyer-liga. Bu yerda siz nafaqat o‘yinchilarni, balki murabbiylar va mutaxassislarni tanlashda maksimal top-saviyaga qaraysiz. Deyarli barcha ingliz top-menejmentida murabbiylar o‘zlarini xorijlik top-o‘yinchilar, ko‘pincha ular bilan ishonchli munosabatlarni rivojlantirgan yoki allaqachon biladiganlar bilan o‘rab olish tendensiyasi mavjud. Xuddi shu narsa «Liverpul»da Yurgen Klopp va hozirda Arne Slotda bo‘lmoqda. Boshqa joylarda ham shunday: «Manchester Siti», «Arsenal», «Tottenxem», «Aston Villa»... Men ham yaxshi biladiganlarni qidira boshladim. Bu yerda sadoqat ham muhimdir. Rud Van Nistelroy: «Yunayted» DNKsiga ega ajoyib, tajribali murabbiy. Bizda Darren Fletcherdek iste’dodli britaniyalik murabbiy ham bor. Rene esa Mitchell bilan bir xil profilga ega: juda yaxshi, tajribali, analitik jihatdan kuchli murabbiy. Yelle Ten Ruvelaar Niderlandiya terma jamoasining uch o‘yinchisini, shu jumladan Bart Verbryuggenni tayyorlagan. O‘zining innovasion o‘quv materiallari bilan u zamonaviy darvozabonlarni tayyorlash bo‘yicha ajoyib iste’dodlardan biridir.

- O‘tgan yili Jeydon Sancho bilan xayrlashdingiz, keyin u «Borussiya»da ajoyib olti oyni o‘tkazdi. Uni qaytarmoqchimisiz?

- Biz yaxshilab suhbatlashib oldik. Har kim xato qilishi mumkin. Agar o‘yinchi xulosa chiqarsa, siz buni unutasiz va davom etasiz. Bu klubga yaxshi o‘yinchilar kerak va bir narsa aniq: Jeydon Sancho juda yaxshi o‘yinchi. Umid qilamanki, biz umumiy til topib olamiz va bu muvaffaqiyatimizga hissa qo‘shadi.

- Oxirgi ikki yilni «Ayaks» bilan solishtirganda qanchalik qiyin bo‘ldi?

- Bu yerda hamma narsa ancha murakkab. Bu yerda hammasi o‘n baravarga qiyinroq. Va qisman shuning uchun bu yerda muammo yanada chuqurroq. Buni «Gou Exed» bilan taqqoslab bo‘lmaydi. U yerga borganimda, men hamma narsani o‘zim qildim, bir vaqtning o‘zida barcha ishni o‘zim boshqardim. «Utrext» va «Ayaks»da hamma narsa butunlay boshqacha, ancha kengroq edi. Ammo «Yunayted» haqiqatdan ham boshqa darajadir.

- Transferlar haqida gap ketganda, sizning mas’uliyatingiz qayerdan boshlanadi va qayerda tugaydi?

- Sport direktori bilan birgalikda nomzodlar ro‘yxatini aniqlaymiz va ushbu jarayonni birgalikda amalga oshiramiz. Hammaning roziligi shart, aks holda hech narsa ishlamaydi. «Ayaks»da ham shunday edi. Aslida, hammasi juda oddiy. Zamonaviy futbolda murabbiy endi skauting bilan o‘zi shug‘ullana olmaydi.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:54, 22.08.2024.
O'qildi: 898 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.