Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Feruz Bekmurodov: «Biz jahon chempionatining har bir o‘yinida kurashamiz»

Feruz Bekmurodov: «Biz jahon chempionatining har bir o‘yinida kurashamiz»

Baho:
+ | -

Futzal bo‘yicha Tojikiston terma jamoasi so‘nggi yettita Osiyo Kubogining oltitasida ilk bosqichdayoq qoqilib, jahon chempionati orzuligicha qolib ketaverdi.

Yaponiya esa so‘nggi 13ta qit’a chempionatining naq 12tasida shohsupaga ko‘tarilgan, amaldagi chempion ham aynan ular. Bundan tashqari so‘nggi ikki mundialning pley-off bosqichiga chiqdi. Gap shundaki, so‘nggi qit’a chempionatida bu ikki jamoa bir guruhdan joy olishdi va o‘zaro o‘yinda durang (1:1) natija qayd etildi. O‘yinda oson g‘alabani o‘ylagan «samuraylar» «fors sherlari»ning darvozasida haqiqiy gigant turganini bilishmasdi. Feruz Bekmurodov butun o‘yin davomida ko‘plab ajoyib seyvlarni amalga oshirdi. Yakunda qo‘shnilarimiz Bangkokda o‘tkazilgan turnir chorak finaliga guruhda 1-o‘rinni egallab yo‘l oldi, qudratli Yaponiya esa ishtirokini to‘xtatdi. Keyin tojikistonlik futzalchilar «pley-off»da Afg‘onistonni 2:1 hisobida mag‘lub etdi va tarixida birinchi marta jahon chempionatiga yo‘l oldi. FIFA rasmiy sayti 26 yoshli qahramondan intervyu olishga ahd qildi. Unda Bekmurodov bir qator qiziqarli savollarga javob qaytardi.

- Tojikiston hali futzal bo‘yicha jahon chempionatida qatnashmagan. Shunday tarixiy natija qo‘lga kiritilganidan keyingi his-tuyg‘ularingizni tasvirlab bera olasizmi?

- Bu aql bovar qilmaydigan tuyg‘u edi. Biz adrenalinning katta portlashini his qildik. Biz jahon chempionatiga chiqib, tojik sporti tarixiga kirdik.

- Siz o‘sha o‘yinda bir nechta ajoyib seyvlarni amalga oshirdingiz. Shunday o‘yiningiz bilan qanchalik faxrlandingiz?

- G‘alaba jamoaviy ish tufayli bizga nasib etdi. Har bir o‘yinchi ushbu muvaffaqiyatga katta hissa qo‘shdi. Men ham shunchaki o‘z ishimni qildim.

- Siz to‘pni juda yaxshi boshqarasiz va yaqinda Qirg‘iziston terma jamoasi darvozasiga ikkita gol ham urdingiz. Tojikiston uchun to‘p bilan muomala qilish qobiliyatingiz qanchalik qimmatli?

- Zamonaviy futzalda, agar darvozabon oyoqlari bilan o‘ynashni bilsa, bu juda katta afzallik hisoblanadi. Yuqori pressingda o‘ynaydigan jamoalarga duch kelganingizda, bu ayni muddaodir. Ilgari men katta futbolda o‘ynaganman. Bir nechta o‘rtoqlik o‘yinlarida qatnashdim va aynan u yerda oyoqda yaxshi o‘ynashni o‘rgandim. Mahalliy musobaqalarda bir nechta gollar ham urganman.

- Sizningcha, Tojikistonni O‘zbekistonda qanday qo‘llab-quvvatlashadi?

- O‘zbekiston Tojikistonga qo‘shni davlat. O‘ylaymanki, jahon chempionatida ko‘plab muxlislar, shuningdek, O‘zbekistonda yashovchi tojiklarning ko‘pligi bizga qo‘shimcha ustunlik beradi. Yaqin do‘stlarimiz ham O‘zbekistonga borib, Portugaliya, Marokash va Panamaga qarshi o‘yinlarda bizni qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirishmoqda.

- Terma jamoa libosida maydonga chiqib, JCHda Tojikiston madhiyasini eshitish qanchalik hayajonli bo‘ladi?

- Milliy madhiyani eshitish - bu juda katta tuyg‘u, hayajon. Milliy jamoa safida bo‘lish esa faxr demakdir.

— JCHda ikki gigant - Portugaliya va Marokash bilan bir guruhda bo‘lganingizni bilgach, qanday his-tuyg‘ularni boshdan kechirdingiz?

- Ha, biz o‘ta murakkab, o‘lim guruhiga tushdik. Portugaliya amaldagi jahon chempioni va ko‘plab iste’dodli futbolchilarga ega. Marokash Afrika chempioni va juda kuchli raqib. Panama o‘z qit’asining chempioni, yana bir kuchli jamoa. Jahon chempionatida bizni qiyin o‘yinlar kutmoqda. Lekin biz har bir o‘yinda kurashamiz.

- Tojikiston Portugaliyaga qarshi qanday natijaga erishadi?

- Portugaliyada Juan Matos, Bruno, Tiagu Britu, Fabio Sesilio, Andre Koelyo, Pani Varela kabi taniqli va iste’dodli futzalchilar bor. Qiyin o‘yin bo‘ladi. Portugaliyaga qarshi natijaga erishish uchun biz kuchli o‘yin ko‘rsatishimiz, intizom va xarakter namoyish etishimiz lozim.

- Tojikiston Osiyo Kubogining yarim finali va 3-o‘rin uchun o‘yinlarda penaltidan mag‘lub bo‘ldi. Bu borada mashg‘ulotlar ham ancha kuchaytirilgandir?

- Penaltilar seriyasi - bu lotereya. Ba’zan omad sizga, ba’zida esa raqibga kulib boqadi.

- Siz uchun jahonning eng kuchli darvozaboni kim?

- Menga jahonning eng yaxshi darvozabonlaridan biri bo‘lgan qozog‘istonlik Igitaning o‘yin uslubi ko‘proq yoqadi.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:51, 23.08.2024.
O'qildi: 1507 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.