Londonning “Arsenal” klubi vingeri Bukayo Saka o‘ziga xos natija qayd etdi.
Shanba kuni “kanonirlar” “Aston Villa”ni mag‘lub etishdi (2:0) va 22 yoshli futbolchi golli uzatmani amalga oshirdi.
Squawka qayd etganidek, Saka uchun bu g‘alaba Premyer-ligadagi faoliyatidagi yuzinchi g‘alaba bo‘ldi.
Shu tariqa, Bukayo Sesk Fabregas, Ueyn Runi va Fil Fodendan keyin 23 yoshga to‘lgunga qadar ushbu marraga erishgan to‘rtinchi futbolchi bo‘ldi.