"Atalanta" Odilon Kossunu bilan shartnoma imzoladi.
Bergamoliklar "Bayer" himoyachisini mavsum oxirigacha ijaraga oldi. Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, Leverkuzen 5 million yevro oladi va agar sotib olish imkoniyati ishga tushirilsa, yana 25 million ishlab olishi mumkin.
O‘tgan mavsumda Kot-d'Ivuar terma jamoasi futbolchisi Bundesliganing 22 ta o‘yinida qatnashib, 1 ta gol urgan.