Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Donnarummaning fikricha, jamoa Yevroda qiynalayotgan muammolarni hal qilgan.
“Biz muammolarni hal qildik. Menimcha, jamoamizdagi hamma bu sxemada o‘ynashga ozmi-ko‘p o‘rganib qolgan [3-5-2]. Murabbiy Yevroda nima noto‘g‘ri bo‘lganini tushundi va endi biz bunday xatolarga yo‘l qo‘ymaymiz", - dedi Donnarumma RAI Sport nashriga bergan intervyusida.