Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 15:00 Ulsan Xyonde 0-1 Kavasaki Frontale
18/09 17:00 Bangkok Yunayted 4-2 Tampines Rovers
18/09 17:00 Li Man 0-2 Tep Han Nam Din
18/09 17:00 Shangxay Port 2-2 Johor Dorul Ta'zim
18/09 17:30 Angola 2-7 Ukraina
18/09 17:30 Liviya 1-4 Qozog‘iston
18/09 19:00 Mohun Bagan 0-0 Ravshan
18/09 20:00 Argentina 2-1 Afg‘oniston
18/09 20:00 Ispaniya 7-1 Yangi Zelandiya
18/09 21:00 Al-Vakra 0-3 Traktor
18/09 21:00 Xolidiya 2-3 At-Ta'vun
18/09 21:00 Kuvayt SK 0-0 Nasaf
18/09 21:00 Shabab al-Ahli 3-1 Al-Hussayn
18/09 21:45 Bolonya 0-0 Shaxtyor
18/09 21:45 Sparta 3-0 Zalsburg
18/09 22:00 Betis 2-1 Xetafe
18/09 23:00 Al-Quva al-Javiya 2-1 Oltin Asr
18/09 23:59 Seltik 5-1 Slovan
18/09 23:59 Bryugge 0-3 Borussiya D
18/09 23:59 Manchester Siti 0-0 Inter
18/09 23:59 PSJ 1-0 Jirona
19/09 17:30 Marokash 6-3 Panama
19/09 17:30 Eron 9-4 Gvatemala
19/09 19:30 Neftchi 2-2 Qizilqum
19/09 20:00 Portugaliya 3-2 Tojikiston
19/09 21:45 Feyenoord - Bayer
19/09 21:45 Srvena Zvezda - Benfika
19/09 22:00 Leganes - Atletik Bilbao
19/09 23:59 Monako - Barselona
19/09 23:59 Atalanta - Arsenal
19/09 23:59 Atletiko - RB Leypsig
19/09 23:59 Brest - Shturm
20/09 21:30 Kalyari - Empoli
20/09 23:45 Verona - Torino
21/09 00:00 Alaves - Sevilya

Dilshod Rahmatov: «Jahon chempionatida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilamiz»

Dilshod Rahmatov: «Jahon chempionatida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilamiz»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi sardori Dilshod Rahmatov, O‘zbekiston mezbonlik qiladigan Jahon chempionati oldidan FIFA rasmiy saytiga intervyu berdi.

— 2021 yilgi Jahon chempionatida O‘zbekiston Misrni mag‘lub etib, futzal bo‘yicha Jahon chempionatidagi dastlabki g‘alaba va tarixda ilk bor pley-off bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Bu qanday sodir bo‘ldi?

— Litvada bo‘lib o‘tgan 2021 yilgi futzal bo‘yicha FIFA Jahon chempionatida Misrga qarshi o‘yin men uchun eng esda qolarli bahs bo‘ldi. Avvalo, O‘zbekiston futzali tarixidagi ilk Jahon chempionati g‘alabasini qo‘lga kiritdik. Bu o‘yin natijasidan juda xursand bo‘ldik. Esimda, Anasxon Rahmatovning super goli evaziga guruhda ikkinchi o‘rinni egallab, pley-off bosqichiga yo‘llanma oldik.

— Litvada o‘tgan Jahon chempionati 1/8 final bosqichida jamoangiz super kambek amalga oshirgan Eronga qarshi aql bovar qilmas uchrashuv haqida qanday fikrdasiz?

— Biz Osiyo turnirlarida Eronga qarshi ko‘p bor o‘ynaganmiz, lekin Litvada biz futzal bo‘yicha Jahon chempionati tarixida birinchi marta ularga qarshi bahs olib bordik. Shu bois o‘sha uchrashuvda xuddi finalda o‘ynagandek harakat qildik. Himoyadagi xatolarimiz tufayli 9 ta gol o‘tkazib yubordik. Shu bilan birga ularning himoyadagi xatolarini topib, 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldik. O‘ylaymanki, qo‘shimcha vaqtimiz bo‘lganida g‘alaba qozonishimiz mumkin edi. Dramatik o‘yindagi mag‘lubiyatimiz unutilmas va alamli bo‘ldi.

— Futzal bo‘yicha jahon chempionatini o‘zbek xalqi intizorlik bilan kutyaptimi?

— Mamlakatimizda futzalga e’tibor juda kuchli, O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati yuqori energiya muhitiga to‘la bo‘ladi. Biz chiptalarni sotib olishga talab yuqori ekaniga guvoh bo‘lmoqdamiz, muxlislar o‘yinlarga shaxsan tashrif buyurishni istashmoqda. Muxlislarimiz Jahon chempionatini katta qiziqish va intiqlik bilan kutishmoqda.

— Jahon chempionatida O‘zbekiston futzal milly terma jamoasi o‘yinlari paytida qanday muhit kuzatiladi, deb o‘ylaysiz?

— O‘ylaymanki, muxlislarimiz o‘yinlarni zavq bilan tomosha qilishadi, mutaxassislar esa futzal bo‘yicha yangi iqtidorlarni kashf etish va yangi taktik ishlanmalarni kuzatish imkoniga ega bo‘lishadi. Qo‘shimchasiga biz barcha uchrashuvlarni diqqat bilan kuzatib boramiz, sportning nozik jihatlarini o‘rganamiz.

— O‘zbekistonning Niderlandiyaga qarshi o‘yini oldidan “Humo Arena”da oilangiz va do‘stlaringiz qarshisida bo‘lish, sardorlik bog‘ichida jamoani maydonga boshlab tushish va davlat madhiyasini tinglash sizga qanday hissiyot beradi?

— 14-sentyabr kuni Niderlandiyaga qarshi dastlabki o‘yinda sardorlik bog‘ichini taqish shaxsan men uchun katta mas’uliyatdir. Muxlislarimiz, yurtdoshlarimiz oldida yurtimiz sharafini himoya qilishimiz kerak. Har bir futbolchi davlat madhiyasi yangraganida faxrlanadi va bor kuchi bilan g‘alabaga intiladi. Bu sharaf tarkibdagi atigi 14 nafar futbolchiga beriladi. Prezidentimiz, ota-onalarimiz, murabbiylarimiz hamda yurtdoshlarimiz ishonchini oqlashimiz kerak. Bizga berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishimiz kerak. Shuning uchun ham astoydil ishlayapmiz.

— Paragvay va Kosta-Rika haqida qanday fikrdasiz?

— Biz barcha raqiblarimizni hurmat qilamiz. Kosta-Rika va Paragvay haqida fikrim shuki, Jahon chempionatida oddiy raqib yoki odatiy o‘yin yo‘q. Turnirga faqat eng kuchli jamoalar yo‘llanma oldi. Murabbiylarimiz barcha jamoalarni o‘rganib, o‘yin uslublarini tahlil qilishdi. Buning ustida ham ishlayapmiz. Kosta-Rikada ham, Paragvayda ham yuqori texnikali va iqtidorli futzalchilar bor. Bu jamoalarga qarshi chiroyli va shiddatli o‘yin bo‘ladi.

— O‘zbekiston terma jamoasining turnirdagi maqsadi qanday?

— Bizning asosiy maqsadimiz Jahon chempionatida qatnashish va oldingi turnirdagi natijamizni yaxshilash. Jamoa sardori sifatida jamoadoshlarimiz bilan medal uchun kurasha olishimizga ishonaman. Biz har qanday raqibga qarshi o‘ynay olamiz. Bizning eng katta ustunligimiz muxlislarimiz bo‘ladi. Ularning ko‘magida yaxshi natijaga erishishga intilamiz.

— Xose Venansio Lopez siz uchun qanday mutaxassis?

— Xose Venansio Lopes jamoamizga murabbiy etib tayinlanganida juda xursand bo‘ldim. Venansio juda tajribali va talabchan murabbiy. Muvaffaqiyat uchun tartib-intizom hal qiluvchi ahamiyatga ega. Futzalchi va bo‘lajak murabbiy sifatida hali undan ko‘p narsani o‘rganishim kerak. Undan olgan tajribamiz kelajakda o‘zbek futzalining rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Uning besh karra jahonning eng yaxshi murabbiyi bo‘lganining o‘ziyoq qanday mutaxassis ekanidan dalolat beradi. Ishonamanki, shunday murabbiy bilan Jahon chempionatida yaxshi natijaga erishamiz.

— O‘zbekistonlik futzalchilardan qaysi biri Jahon chempionatida yorqin o‘yin namoyish etadi, deb o‘ylaysiz?

— Jamoamizdagi har bir futzalchi ajoyib o‘yin ko‘rsata oladi, barcha jamoadoshlarim futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi uchun bor kuchlarini ishga solishlariga ishonaman.

Eslatib o‘tamiz, futzal bo‘yicha Jahon chempionati 14 sentyabrdan 6 oktyabrga qadar davom etadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:18, 08.09.2024.
O'qildi: 1255 marta.
Fikrlar: 13 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.