Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov braziliyalik hamkasbi Mauro Viyeyra bilan uchrashdi. Lavrov Viyeyradan sovg‘a oldi - yulduz hujumchisi Vinisius Juniorning dastxati tushirilgan Braziliya terma jamoasi futbolkasini.
Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Lavrov Vinisius uning sevimli futbolchilaridan biri ekanligini aytdi.
Vinisius Junior "Real Madrid" sharafini himoya qiladi. Braziliyalik futbolchi yaqinda "Oltin to‘p"ga nomzod bo‘lgandi. Vinisius ushbu mukofotga asosiy da’vogarlar qatorida.