Kirish Ro'yxatdan o'tish

Tedesko: "Mbappe bizga qarshi o‘ynasa xursand bo‘lardik"

Tedesko: "Mbappe bizga qarshi o‘ynasa xursand bo‘lardik"

Baho:
+ | -

Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Domeniko Tedesko Millatlar ligasida Fransiyaga qarshi o‘yin oldidan raqib yetakchisi Kilian Mbappening maydonga tushmasligi mumkinligiga munosabat bildirdi.

Avvalroq Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham belgiyaliklar bilan o‘yinda Mbappega dam berishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

"Mbappe zaxira o‘rindig‘ida bo‘lishi muhim emas. U ajoyib o‘yinchi, lekin Fransiyada juda ko‘p imkoniyatlar bor... Agar u o‘ynasa, biz ham xursand bo‘lardik", - dedi Tedesko Foot Mercato bilan suhbatda.

Belgiya - Fransiya uchrashuvi 9 sentyabr kuni, Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.

Kiritildi: 20:48, 09.09.2024.
O'qildi: 602 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик