Londonning “Chelsi” klubi vingeri Noni Madueke Angliya terma jamoasida ilk bor maydonga tushdi.
22 yoshli futbolchi Millatlar ligasi doirasida Finlyandiyaga qarshi o‘yinning 66-daqiqasida Bukayo Saka o‘rniga zaxiradan maydonga tushdi.
"Chelsi" vakili uchun bu Angliyaning asosiy terma jamoasidagi debyut bo‘ldi. Ilgari u faqat “Uch sherlar” yoshlar jamoasida o‘ynagan va 20 ta o‘yinda 7 ta gol urgan.