Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Asila Mirzayorova: “Musobaqa kuni menda katta mas’uliyat bor edi”

Asila Mirzayorova: “Musobaqa kuni menda katta mas’uliyat bor edi”

Baho:
+ | -

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13 sentyabr kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Parijdagi Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda so‘zga chiqqan Asila Mirzayorova o‘z maqsadlar haqida gapirdi.

“Tokio Olimpiadasida kumush medalni qo‘lga kiritganimda O‘zbekiston bayrog‘i pastda turgan edi. O‘shanda o‘zimga va’da bergandim, bundan keyin hech qachon vatanim bayrog‘i pastda turmaydi deb. Yaratilgan imkoniyatlar sabab ikki karra Jahon chempioni bo‘lib, o‘zimga bergan va’damning ustidan chiqib Olimpiadada ham oltin medalni qo‘lga kiritdim. Musobaqa kuni menda katta mas’uliyat bor edi. Diyora Keldiyorovadek oltin medalni qo‘lga kiritsam, boshqa jamoadoshlarim ham ilhomlanib medallarni qo‘lga kiritishiga ishongandim. Fransiyada sal kam 30 yillik rekordni yangilab, musobaqada O‘zbekiston uchun birinchi oltin medalni olib kelganimdan juda ham xursandman. Men hozirdanoq o‘zimga katta maqsadlarni qo‘ydim. 2028 yilda Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlarida o‘zim qo‘ygan rekordni yangilab, ikki karra Paralimpiya chempioni bo‘lishga va’da beraman”, dedi Paralimpiya chempioni Asila.

Ma’lumot uchun, Asila Mirzayorova T11 klassida uzunlikka sakrash bahsida ishtirok etib 5,24 metr natija bilan Paralimpiya o‘yinlari rekordini o‘rnatdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Avvalroq Qashqadaryo hokimi Asila Mirzayorovaga Qarshi shahridagi ko‘p qavatli xonadonlardan 2 xonali uy sovg‘a qilingani xabar berilgandi.

Bundan tashqari, prezident qaroriga binoan sportchiga 200 ming AQSH dollari miqdoridagi pul mukofoti, Tahoe rusumli avtomobil va Toshkent shahridan kottej sovg‘a qilindi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 19:56, 14.09.2024.
O'qildi: 3825 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.