Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Og‘ir atletika: O‘zbekiston kubogida jahon rekordi yangilandi

Og‘ir atletika: O‘zbekiston kubogida jahon rekordi yangilandi

Baho:
+ | -

Shu kunlarda Xorazm viloyatining Urganch shahrida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi o‘tkazilmoqda.

Erkaklar o‘rtasida -89 kg. vazn toifasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Chirchiq Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi o‘quvchisi Bekzodbek G‘ofurjonov siltab ko‘tarishda 194 kg. natija qayd etdi. G‘ofurjonov bu orqali ushbu vazn toifasida misrlik Mahmud Hassan tomonidan 2022 yilda o‘rnatilgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon rekordini (193 kg.) bir kilogrammga yangilashga muvaffaq bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Bekzodbek G‘ofurjonov joriy yil Peru davlatida bo‘lib o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida dast ko‘tarish mashqida bronza (141 kg.), siltab ko‘tarishda kumush (183 kg.) va ikkikurash natijalariga ko‘ra bronza (324 kg.) medalni qo‘lga kiritgandi.

Kiritildi: 11:36, 16.09.2024.
O'qildi: 6790 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик