"Bavariya" yarim himoyachisi Jamol Musiala jamoadoshi Maykl Olise haqida gapirdi.
"Bu ajoyib futbolchi. Biz bir-birimizni juda yaxshi tushunamiz va ko‘p muloqot qilamiz. Qanchalik ko‘p birga o‘ynasak, o‘zaro tushunishimiz shunchalik yaxshi bo‘ladi. U juda ko‘p yaxshi fazilatlarga ega", - deya Musialadan iqtibos keltiradi "Bayern & Germany".
Joriy mavsumda Olise barcha turnirlarni hisobga olgan holda oltita o‘yinda maydonga tushib, besh marta raqiblar darvozasiga to‘p kiritdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.