Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 1-1 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-1 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 3-0 As-Sadd
14/09 23:45 Inter 5-3 Udineze
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Lionel Messi Ispaniya futbol klubini sotib oldi — Marca

Lionel Messi Ispaniya futbol klubini sotib oldi — Marca

Baho:
+ | -

Sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi bo‘lgan argentinalik hujumchi Lionel Messi Ispaniyaning ikkinchi divizioni (Segunda) vakili “Eldense” futbol klubining 100 foiz aksiyasini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Marca nashrining xabar berishicha, ayni paytda kelishuv so‘nggi bosqichda bo‘lib, tomonlar yuridik jarayonlarni yakunlamoqda.

Bu argentinalik hujumchining 2026 yil davomida futbol klublari bilan bog‘liq ikkinchi xaridi hisoblanadi. Bungacha u joriy yilning aprel oyida Barselona provinsiyasining Bash-Lyobregat hududida joylashgan Kataloniyaning “Kornelya” klubini ham sotib olgan edi. Manbaning qo‘shimcha qilishicha, Messi “Inter Mayami”dagi faoliyatini yakunlaganidan so‘ng aynan “Eldense” klubi bazasi joylashgan Alikante provinsiyasining Elda shahrida muqim yashashni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Messi 2023-yildan buyon AQSHning “Inter Mayami” jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda. U jamoasi bilan 2025-yilda MLS chempionligini qo‘lga kiritgan. 2025-yilning oktyabr oyida argentinalik yulduz Amerika klubi bilan amaldagi shartnomasini 2028-yilning oxiriga qadar uzaytirdi.

Joriy yilning 31 avgust kuni Messi Argentina milliy terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini rasman e’lon qildi. Hujumchi o‘z faoliyati davomida bir qator yirik yutuqlarni qo‘lga kiritgan. U Argentina terma jamoasi safida 2022-yilgi Jahon chempionati g‘olibiga aylangan bo‘lsa, 2026-yilgi mundialda finalga qadar yetib borgan. Shuningdek, futbolchi 2008-yilgi Olimpiada o‘yinlarining oltin medali sohibi, ikki karra Amerika Kubogi (2021 va 2024-yillar) hamda Finalissima—2022 musobaqalari g‘olibi hisoblanadi.

Hujumchi shaxsiy rekordlar bobida ham o‘ziga xos natijalarni qayd etgan. Xususan, Messi mutlaq rekord o‘rnatgan holda 8 marta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari, u 3 marta FIFA talqini bo‘yicha yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan, Yevropa chempionatlarining eng yaxshi to‘purari sifatida 6 marta “Oltin butsa”ga ega chiqqan hamda 2 marta Jahon chempionatining “Oltin to‘pi”ga munosib ko‘rilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 22:03, 10.09.2026.
O'qildi: 3097 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик