"Portu" darvozaboni Diogu Koshta faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Mundo Deportivo jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaning xabar berishicha, Mark-Andre ter Shtegenni jarohati tufayli yo‘qotgan "Barselona" portugaliyalikni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. "Ko‘k-anorranglilar"ning sport direktori Deku shaxsan Koshta bilan shartnoma imzolashdan manfaatdor.
Transfermarkt Koshtani 45 million yevroga baholagan. Darvozabon va "Portu" o‘rtasidagi mehnat shartnomasi muddati 2027 yilning iyun oyi oxirigacha.